AsosiyShou-biznes

​Rustam Sa`diev “Er bermoq — jon bermoq 2” orqali dolzarb mavzuga qo`l urdi

'​Rustam Sa`diev “Er bermoq — jon bermoq 2” orqali dolzarb mavzuga qo`l urdi'ning rasmi

O`tgan hafta ohirida rejissyor Rustam Sa`diev tomonidan suratga olingan “Er bermoq — jon bermoq 2” filmining shou-biznes vakillari hamda jurnalistlar uchun yopiq taqdimoti bo`lib o`tdi.

Bu safar premera an`anadan holi tarzda “Zarafshon” kino-konsert zalida “NAESMI Media Hall” tomonidan taraqqiyot strategiyasi muhokamasi uchun yaratilgan maxsus sahnada bo`lib o`tdi. Tadbirda o`zbek san`atining barcha vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

Rustam Sa`diev bu safar o`z filmi orqali dolzarb mavzu, oilalarning ajrashib ketishi ayrim sabablarini ko`rsatib berdi.

Sabrsizlik, noshukrlik va ayollarning o`zboshimchaligi orqali ko`rsatib berilgan ajrashish mazusi ajrashish bo`sag`asida turgan oilalarga o`ziga xos saboq bo`lishi shubhasiz.

Komediya janrida suratga olingan filmda aktrisa Dilnoza Kubaevani mutlaqo o`ziga xos bo`lmagan yangi qiyofada namoyon bo`ldi. O`zining obrazini mohirona ijrosi bilan aktrisa Dilnoza Umarova o`z mahorati haqida yana bir bor o`z so`zini aytdi. Aktyorlar Adiz Rajabov, Muhammadiso Abdulhairovlar hamda Elyor Mahkamovlarning filmdagi obrazlari qanchalar hayotiy chiqqanini filmni ko`rganda o`zingiz ham guvohi bo`lishingiz mumkin.

Filmda aktyorlar uchun tanlangan liboslar e`tiborimizni tortdi. Har bir obraz harakteriga monand tarzda tanlangan liboslar liboschi rassom Elsevar Ishoqovaning iste`dodini kashf qilishimizga sabab bo`ldi.

Filmni maroq bilan tomosha qilar ekanmiz, uning bir tomoni tomoshabin sifatida biroz erish tuyuldi. Film ijodkorlari o`z hamkorlarini reklama qilishda biroz oshirvorganday nazarimizda. To`g`ri reklamasiz taraqqiyot yo`q, biroq buni bu qadar bo`rttirib yubormaslik maqsadga muvofiq bo`lardi.

Darvoqe, film so`nggida so`zga chiqar ekan rejissyor keyingi safar oilalarni buzilishiga sababchi bo`layotgan erkaklar haqida film suratga olishga va`da qildi.

Premerada xonanda Dilso`z mazkur film uchun kuylangan saundtrekini kuyladi.

Xulosa o`rnida, Rustam Sa`dievning yangi filmi o`zbek kino san`atida omadli filmlardan biri bo`lganligini ta`kidlab, bu bilan kinoijodkorlarni tabriklamoqchimiz.

Filmni 13 martdan yurtimiz kinoteatrlarida tomosha qilish mumkin.

Boshqa yangiliklar