AsosiyDunyo
13455

​72 yoshida farzandli bo`lgan hindistonlik ayol kech homilador bo`lish asoratlari haqida gapirib berdi

'​72 yoshida farzandli bo`lgan hindistonlik ayol kech homilador bo`lish asoratlari haqida gapirib berdi'ning rasmi

Hindistonning Amritsar shahrida yashovchi ayol 72 yoshida ilk marotaba ona bo`ldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Keksa yoshli ayol homiladorlikdan so`ng sog`lig`ida yuzaga kelgan muammolar haqida so`zlab berdi.

Daljinder Kaur(Daljinder Kaur) 2016 yilning aprel oyida farzandli bo`ldi. Shundan beri, ayolning qon bosimi ko`tariladi, tez charchaydi, qon tomirlari mo`rtlashib qolgan. Shifokorlar unga dorilar yozib berishgan va parhez tutishni tavsiya qilishmoqda.

Hindistonlik ayol o`g`li Armaanni faqat uch oygina ko`krak suti bilan boqqan. Sababi, uch oydan so`ng ayolning suti qochgan. Ayolning farzandi qorni to`ymagani uchun etarli vazn to`play olmayapti. Biroq, shifokorlarning fikricha, u vaqt o`tishi bilan kerakli vaznni yig`ishi mumkin. Hozirda bolakay emaklashni o`rganib olgan. Keksa ayol ikki yil mobaynida sun`iy urug`lantirish muolajasini qabul qilganidan so`ng homilador bo`lishga erishdi. Uning 80 yoshli turmush o`rtog`i Moxinder Singx Gill (Mohinder Singh Gill) bolaning biologik otasi bo`ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar