AsosiyDunyo
8630

​​Kambojalik bolaning boshidagi tug`ma yorig`i muntazam ravishda o`sib bormoqda

'​​Kambojalik bolaning boshidagi tug`ma yorig`i muntazam ravishda o`sib bormoqda'ning rasmi

Kambojada boshida tug`ma yoriq bilan tug`ilgan bola yashaydi, deb yozadi “Vesti”.

Peatra Povning boshidagi yorig`i kun sayin o`sib bormoqda. Mahalliy shifokorlar bolakayga qanday yordam berishni bilmayapti. Uni davolash uchun o`tkazilishi kerak bo`lgan jarrohlik amaliyotiga to`lanadigan pul esa bolaning ota-onasida yo`q.

Bolaning onasi uning farzandi boshida yoriq bilan tug`ilganiga shifokorlar u qadar ahamiyat bermagan.

“Bizga tezda uyga javob berib yuborishgan va qanday qilib yordam berish mumkinligini bilishmagan”,—deydi u.

Ayol hozirgi kunda ibodatxonada tilanchilik qilish bilan kun kechiradi. Farzandi dunyoga kelishi bilan turmush o`rtog`i ularni tashlab ketgan.

“O`g`limning boshidagi yoriq shu qadar kengki, men unga qshlimni sig`dira olaman. Bizga zaruriy dorilarni sotib olishimizga hayriya tashkilotlari ko`mak bermoqda. Biroq, dorilar og`riqni engillashtiradi, xolos”, deydi kambojalik ayol.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar