AsosiyJamiyat

​Poytaxt teatrlarida ochiq eshiklar kuni tadbirlari belgilandi

'​Poytaxt teatrlarida ochiq eshiklar kuni tadbirlari belgilandi 'ning rasmi

Aholi, ayniqsa, o`quvchi va talaba yoshlarning dam olishlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Toshkent shahridagi davlat teatrlarida “Teatrlar faoliyati samaradorligini oshirishda Toshkent shahrining tajribasi” mavzusida ochiq eshiklar kuni tadbirlari belgilandi.

Shu maqsadda Toshkent shahridagi teatrlar atrofini obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish, tetarlar foyelarida ko`rgazmalar tashkil etish, tashrif buyuruvchilarning teatr ijodkorlari bilan uchrashuv va muloqotlarini uyushtirish, shuningdek, tadbir doirasida teatrlarda tashkil etiladigan tadbirlar va tomoshalar jarayonida tomoshabinlarning teatr san`atiga munosabatini o`rganishga qaratilgan so`rovnomalar o`tkazish kabi rejalar ishlab chiqildi.

10 martdan e`tiboran aholi, xususan, uyushmagan yoshlar hamda oliy va o`rta-maxsus , kasb-hunar ta`limi muassasalarining talaba-o`quvchilari, umumta`lim maktablari o`quvchilarini teatrlarga, shuningdek, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, kam ta`minlangan oilalar farzandlarini Toshkent teatrlariga tashrifi tashkil etila boshlandi.

Ochiq eshiklar kuni tadbirlari davomida yoshlarni kitobga qiziqishini oshirish maqsadida tetrlarda kitob ko`rgazma-yarmarkalari tashkil etish ham ko`zda tutilgan.

Teatrlarda namoyish etiladigan spektakllar va ularning vaqtlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar