AsosiyDunyo
9704

​48 yoshli ayol plastik operasiyadan keyin vafot etdi

'​48 yoshli ayol  plastik operasiyadan keyin  vafot etdi'ning rasmi

Moskva shahar klinikalaridan birida plastik operasiya qildirgan ayol ertasi kuni vafot etdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Mazkur fakt bo`yicha Tergov qo`mitasi surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Operasiya Moskva shahridagi klinikalardan birida 10 mart kuni o`tkazilgan. Plastik operasiyaning ertasi kuni 48 yoshli ayol o`zini yomon his qilgan. U zudlik bilan jonlantirish bo`limiga yotqizilgan, ammo barcha urinishlarga qaramay, ayol vafot etgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ayol yurak qon-tomir tizimi faoliyatidagi buzilishdan vafot etgan. Tergovchilar hodisani batafsil o`rganish uchun klinika xodimlarini so`roq qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar