AsosiyDunyo

​Olimlar: Farzand ko`rgan insonlar befarzandlarga nisbatan ko`proq yashaydi

'​Olimlar: Farzand ko`rgan insonlar befarzandlarga nisbatan ko`proq yashaydi'ning rasmi

Farzand ko`rgan insonlar befarzandlarga nisbatan ikki yil ko`proq hayot kechiradi. Shvesiyaning Karolina instituti olimlarining fikriga ko`ra, ayniqsa farzandi bor erkaklar, hech qachon farzand ko`rmagan erkaklarga nisbatan uzoqroq yashashadi.

Olimlar 1911-1925 yillarda tug`ilgan 1,5 million kishining hayotini, ularning oilaviy ahvoli, farzandlari bor-yo`qligini tahlil qilib chiqishdi.

Hamma faktorlarni hisobga olganda hayoti davomida hech bo`lmasa bir nafar farzand ko`rgan insonlar uzoqroq hayot kechirgani oydinlashdi. Olimlarning fikricha, birinchidan katta yoshdagi fuqarolar ota-onasiga g`amxo`rlik qilishadi. Ikkinchidan, farzandlarning tug`ilishi oilada yanada sog`lom muhit shakllanishiga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar