1

​12 yil “Pufak” ichida yashagan bola (Foto)

Dunyo 14.03.2017, 15:56
Teglar: Farzand, Kasallik, Bola
​12 yil  “Pufak” ichida yashagan bola (Foto)

1970 yilda AQShda umuman juda kam uchraydigan kasallikka chalingan —immunitetsiz tug`ilgan bola tadqiqot uchun maxsus steril boksga joylashtirilgan edi, deb xabar berdi “Obaldenno.com” nashri.

Bola maxsus “pufak” ichida 12 yil yashadi. U dunyoga “Pufak ichidagi bola” nomi bilan mashhur bo`ldi. Immunitetsiz tug`ilgan bolaning ismi Devid Vetter edi.

Vetterlar oilasi biror o`ziga xos jihati bilan boshqa oilalardan farq qilmas edi. Ularning ilk farzandi ham immunitetsiz tug`ilib, etti oyligida vafot etdi. Bu juda kam uchraydigan kasallik bo`lib, mazkur tashxis bilan tug`ilgan o`g`il boladan keyingi o`g`il ham 50 foiz aynan shu kasallik bilan tug`ilishi ehtimoli mavjud. Bolani qutqarishning yagona imkoniyati ilik ko`chirib o`tkazish operasiyasi edi. Beylor tibbiyot kolleji shifokorlari Vetterlarni tug`ilajak o`g`il farzand uchun opasi Ketrin yaxshi donor bo`la olishiga ishontirishdi. Ularda merosxo`rni dunyoga keltirish istagi kuchli bo`lgani uchun 1971 yilda Devid dunyoga keldi. Ming afsuski, Devid ham akasi kabi immunitetsiz tug`ildi. Opasining iligi unga to`g`ri kelmadi, olimlar uning dardiga davo topilguncha , sterillangan maxsus boksga joylashtirishga qaror qilishdi. Devid “pufak” ichida 12 yil yashadi. Boks ichiga kiritiladigan har bir buyum sinchiklab dizenfeksiya qilingandan keyin kiritilar edi. Onasi o`g`lini ushlash uchun kameraga o`rnatilgan maxsus qo`lqoplardan foydalanardi. Devid yillar o`tib, katta bo`lgach, boshqa bolalarga o`xshamasligini tushundi va depressiyaga tushib, jahldor bo`lib qoldi. To`rt yoshga to`lganida hamshira unutib qoldirgan shpris yordamida boksni teshdi. Shundan keyin unga zararli mikroblar haqidagi ertakni aytib berishdi. Devidda mikrobdan qo`rqish fobiyasi paydo bo`ldi. Bola katta bo`lgani sari boks torlik qildi, uning o`yin o`ynashi uchun yana bitta boks qo`shildi. Devid maktab dasturi aosida o`qitila boshlandi. Uning yoniga tez-tez mashhurlar tashrif buyurar, “Pufak ichida yashovchi bola” bilan suratga tushishardi. Bola 6 yoshga kirganda NASA mutaxassislari uning tashqariga chiqqanda kiyishi uchun maxsus skafandr yaratishdi. Ammo u mikrobdan qo`rqqani bois skafandrni kiyishdan bosh tortdi. Bundan tashqari boks ichida olti qadamdan ortiq yurmagan bola uchun atrof-muhit juda qo`rqinchli tuyuldi. 1980 yillarga kelib, AQSh hukumati bolani boksda saqlash qimmatga tushayotganligini ma`lum qildi. Shifokorlar esa uni o`limga etaklovchi antibiotik qilishni taklif etishdi. Ammo bunga uning ota-onasi ko`nmadi va Ketrinning iligini ko`chirib o`tqazishga rozi bo`lishdi, chunki 12 yil mobaynida tibbiyot yangi yutuqlarga erishishga ulgurgan edi. Ammo operasiya muvaffaqiyatsiz kechdi, Devid Epshteyn-Barr virusini yuqtirib oldi. Mazkur virus oddiy odamlarga xavf tug`dirmasa-da, Devidning olamdan ko`z yumishiga sabab bo`ldi. Vafot etgandan keyingina uni onasi ilk marotaba bag`riga bosdi. Uning qabrtoshiga “U olamni his eta olmadi, ammo olam undan larzaga keldi” deb yozildi.








Sharhlar

Farg`onada bolalarni majburan onaga olib berish ijrosi kutilmagan tus oldi

13.12.2019, 19:35

Majburiy ijro byurosi organlarida davlat ijrochilari turli xil qizg`in voqealarga guvoh ham bo`lib qolishadi. Xususan, fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona tumanlararo sudining 2019 yil 17 sentyabrdagi ijro...
​Liviyalik erkak hamma yuz o`girgan, bedavo dardga chalingan 80 nafar bolani asrab oldi

12.07.2017, 12:30

Kaliforniyada yashovchi 62 yoshli liviyalik Muhammad Bzik 20 yil mobaynida bedavo dardga chalingan 80 nafar bolani boqib oldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.Muhammadning so`zlariga qaraganda,...
​FARZANDINI BO`KTIRIB O`LDIRGAN ONAGA NISBATAN JINOIY ISh QO`ZG`ATILDI

12.07.2017, 11:50

Sevastopol shahrida chaqalog`iga manniy bo`tqasini berib, bo`ktirib o`ldirgan ayol sud qilinadigan bo`ldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri. Tergov boshqarmasining ma`lumot berishicha, 26 yoshli ayol ehtiyotsizlik...
​OLMAOTA POLISIYaSI BOLANI YuKXONAGA JOYLAShTIRGAN MAShINA HAYDOVChISINI JAZOLADI

12.07.2017, 11:19

Olmaota polisiyasi bolani yukxonaga joylashtirgan mashina haydovchisini qidirmoqda, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.Nashrning xabar berishicha, bolani mashina yukxonasiga joylashtirgan "Folksvagen" avtomashinasi haydovchisi qonunbuzarlikka yo`l qo`ygani...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1