Turkiyada sayyohlar mingan uchta havo shari kuchli shamol oqibatida halokatga uchradi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Voqea 14 mart kuni Turkiyaning markaziy qismida ro`y berdi. Evropa va Xitoydan tashrif buyurgan sayyohlar mingan o`nlab havo sharlari ularni Kappadokiya viloyatidan olib kelayotgan edi. Ammo birdan shamol ko`tarilib, yomg`ir yog`ishi oqibatida bir nechta havo shari favqulodda qo`nishni amalga oshirishga majbur bo`ldi. To`qqiz nafar sayyoh sinish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi, qolganlari esa engil tan jarohati oldi. Hodisa oqibatida umumiy hisobda 50 nafarga yaqin odam jarohat oldi.






