Rossiyaning Amur viloyati Zeya shahrida yashovchi ayol 24 dona oltin yombini saqlagani uchun sudning qora kursisiga o`tirdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Ayolning aytishicha, qiymati 19 million rubl deb baholangan yombilarni u ko`chadan topgan. “Tergov jarayonida Zeya shahrida yashovchi, 35 yoshli ayblanuvchi mazkur yombilarni o`tgan yilning oktyabr oyida Zeya-Tigda avtoyo`lidan topib olganligi aniqlandi. Topilmaning og`irligi 8 kilogrammni tashkil etib, uning 7,5 kilogrammi sof oltindir”, deb xabar berdi tergov boshqarmasi.
Ayol topilmani avtomashinasida saqlagan. U shahardan chiqib ketmoqchi bo`lganda Amur viloyati milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan to`xtatilgan va tekshiruv jarayonida yonida oltin yombilar borligi aniqlangan.






