AsosiyJamiyat
5763

​Toshkentda 32 yoshli ayolni o`z uyi oldida tunab ketishdi

'​Toshkentda 32 yoshli ayolni o`z uyi oldida tunab ketishdi'ning rasmi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tungi soat 02:00larda noma`lum shaxs Qorasuv ko`chasida yashovchi hech qaerda ishlamaydigan, 1985 yilda tug`ilgan ayolni o`z uyi oldida kuch ishlatish yo`li bilan qo`rqitib, uning 30 ming so`m puli, qo`l soati va 2 turdagi sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini olib ketgan, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.

Ko`rilgan tezkor choralar natijasida ushbu jinoyatni Yashnobod tumani Birlashgan ko`chasida istiqomat qiluvchi 1988 yilda tug`ilgan shaxs sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166 moddasi 2 qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda ushbu jinoyatni sodir etish sabablarini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar