Irlandiyaning Kaslbar shahridagi Tesco tarmog`iga tegishli supermarketlardan biriga kirib qolgan qunduz uni haydamoqchi bo`lgan xaridorning qo`lini tishlab oldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Mazkur voqea aks etgan videorolikni Daily Mail nashri e`lon qildi. Mahalliy aholining fikricha, qunduz to supermarketga etib kelguncha ancha yo`l bosgan. U muvaffaqiyatli ravishda o`zi yashaydigan daryoga olib borib, qo`yib yuborildi.






