AsosiySalomatlik

​“Ko`zimda dog` bor, nima qilay?”

'​“Ko`zimda dog` bor, nima qilay?”'ning rasmi

O`ng ko`zimning oqida och jigarrang dog` paydo bo`lgandek. Vaqti-vaqti bilan qichishish bezovta qilishini aytmasa, boshqa hech qanday shikoyatim yo`q. Ko`zdagi dog`ning sababi nima bo`lishi mumkin va eng muhimi shifokorga ko`rinish kerakmi?

Sobir Dadaboev, Navoiy viloyati

Savollarga shishfokor okulist Nodira RASULOVA javob beradi:

Ko`zning oq qismi sklera deyiladi. Me`yorda u oq va silliq bo`lishi kerak. Tashqi ta`sirlar, misol uchun, chang zarralari, shamol, quyoshning ultrabinashfa nurlari hamda tez – tez qaytalanuvchi konyuktivit natijasida ko`zning sklera qavatida och sariq ba`zan jigarrang do`ngchalar paydo bo`ladi. Odatda do`ngchalar bezovtalik tug`dirmaydi, ammo vaqti – vaqti bilan ko`z yoshlanishi, qichishish va qadalish hissini keltirib chiqarishi mumkin. bu holat Pingvekula deb nomlanadi. Agar sizdagi o`zgarishlar pingvekula bo`lsa, quyoshdan himoyalovchi ko`zoynaklardan foydalanishingiz kerak. Ko`zda yoshlanish, qichishish yuzaga kelsa, oftogellardan foydalanish mumkin. Ko`z oqidagi o`zgarishlarga o`z vaqtida e`tibor berilmasa, pingvekula pterigium (qanotsimon o`simta) ga aylanishi hech gap emas.

Boshqa yangiliklar