AsosiyJamiyat

Toshkentda milisiya xodimining hayotiga nuqta qo`ygan ikki o`smir javobgarlikdan ozod etildi

'Toshkentda milisiya xodimining hayotiga nuqta qo`ygan ikki o`smir javobgarlikdan ozod etildi'ning rasmi

2016 yilning 24 dan 25 mayga o`tar kechasi Yunus-Obod tumani Amir Temur shoh ko`chasida ikki nafar maktab bitiruvchilari tomonidan sodir bo`lgan YTH oqibatida huquq-tartibot organi xodimi halok bo`lganligi haqidagi mudhish hodisa barchaning yodida.

Toshkent shahar IIBBda bo`lib o`tgan matbuot brifingizda jurnalistlarga mazkur hodisa qanday yakun topganligi hamda aybdorlar qanday jazo olganligi haqida ma`lumot berildi.

Shu kuni otasining avtomobilni yuvib berish sharti bilan olgan va otasiga bildirmay avtomobilni do`sti bilan haydab ketgan ikki nafar voyaga etmagan shaxs bir insonning umriga zomin bo`lishdi.

Ular Yunus-Obod tumani Amir Temur shoh ko`chasi bo`ylab katta tezlikda harakatlanib boshqaruvni yo`qotishi oqibatida qo`riqlash xizmati xodimi Abduvaliev Ermuhammadning o`limiga sababchi bo`lishdi.

Ushbu holat bolalarning sub`ekt bo`lmaganligi, ya`ni jinoiy javobgarlikka tortilish yoshiga etmaganligi sababli jinoyat ishi yopildi. Aybdorlar Voyaga etmaganlarni ijtimoiy himoya qilish va reabalitasiya markaziga joylashtirildi.

Mashinasini olib chiqib ketilganligini nazorat qilmagan otaga nisbatan ma`muriy chora ko`rilgan.

Ma`lum bo`lishicha mashina boshqaruvida avtomobil egasining o`g`li emas, o`g`lining do`sti bo`lgan. Oqibatda YTH birovning mashinasida sodir etilganligi aniqlangan.

Ayni damda ikkala yigit ham kollejda tahsil olmoqda.

Bunday holatlar juda achinarli bo`lsada, afsuski uchrab turadi. Bunday ayanchli holatlarni oldini olish uchun esa ota-onalardan ozgina sergaklik va ogohlik talab etiladi. Ehtimol shunda bunday oqibati mudhish tugagan hodisalar sodir bo`lmasmidi.

Ming afsuski oqibatda bir insonning umri zavol topgani qoldi... Xulosa chiqarish o`zingizdan!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar