AsosiyShou-biznes

​Aziza Niyozmetova turmush o`rtog`i xiyonati haqida so`zlab berdi

'​Aziza Niyozmetova turmush o`rtog`i xiyonati haqida so`zlab berdi'ning rasmi

Ancha paytdan beri kamnamo bo`lib qolgan xonanda Aziza Niyozmetova jurnalist Jasur Hamroev bilan suhbatda shaxsiy hayotiga oid ayrim ma`lumotlarni so`zlab berdi. Xususan, xonanda hayotda har bir inson o`z baxtini o`z qo`llari bilan yaratishi haqida shunday deydi:

—Hayotda har kimning baxti o`z qo`lida. Baxtni har kim o`z qo`li bilan yaratadi. Hayotda qoqilasiz, yiqilasiz, yiqilib turganingizda erdan tuproq olib, dushmaningizni ko`ziga sochsangiz, o`shanda siz hayotda non eya olasiz. Yashash uchun kurashish kerak.

“Hozirda men birovning sevimli keliniman. Nabiralari bor. Chiroyli turmush o`rtog`im bor. Men judayam baxtli ayolman”,—deydi Aziza Niyozmetova.

“Dushmanlaringizning sizga etkazgan eng katta zarari nimada?” degan savolga Aziza Niyozmetova quyidagicha javob beradi:

—Dushmanlarimning menga etkazgan eng katta zarari bu ularning mening hayotimni buzgani. Men xorazmliklar bunaqa bo`ladi, deb hech kutmagandim. Turmush o`rtog`im ustozimning qizi bilan yurib ketadi, deb o`ylamagandim. Turmush o`rtog`imni xiyonati uchun kechirmaganman. Bu voqega o`sha erni o`zidayoq nuqta qo`yganman.

Boshqa yangiliklar