Uch yil avval to`ng`ich qizini uzatgan O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ikkinchi farzandiga to`y boshladi.
San`atkorga yaqin manbaning xabar berishicha, to`y joriy yilning 22 aprel kuni bo`lib o`tadi.
Ozodbek Nazarbekovning ikkinchi qizi Laylo bu yil 19 yoshni qarshi oladi. Xonanda o`zining intervyularidani birida qizi xech kimga o`xshamasligini, judayam og`ir va bosiq ekanligini aytib o`tgandi.
Fursatdan foydalanib, Darakchi.uz tahririyati nomidan ikki yoshga baxt-saodat tilab qolamiz!