“Manchester Yunayted” jamoasi APL 29-turida “Midlsbro”ni safarda 3:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.
Ushbu uchrashuv “qizil iblislar”ning Angliya chempionatida qozongan 600-g`alabasi bo`ldi. E`tiborlisi, hozirga qadar bunday natijani APLning boshqa jamoalari qayd eta olishmagan.

Ma`lumot uchun, eng ko`p g`alaba qozongan jamoalar ro`yxatida “Manchester Yunayted”dan keyingi o`rinlarni “Arsenal” (517 g`alaba) va “Chelsi"”(508 g`alaba) klublari band etgan.






