AsosiyDunyo

​Aqtau shahrini suv bosdi

'​Aqtau shahrini suv bosdi'ning rasmi

Qozog`istonning Aqtau shahridagi etti mikrorayon kuchli yomg`ir tufayli chiroqsiz va suv ostida qoldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Tabiiy ofat tufayli kabellar uzilib, shahar podstansiyasidagi avariyaga sabab bo`ldi. Markaziy va unga tutash bo`lgan ko`chalar deyarli suv ostida qoldi. Kommunal xizmat xodimlari tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun uzluksiz,tunu-kun ishlamoqda. Qutqaruvchilar xizmati suvni nasos bilan tortmoqda. Hududda hamon kuchli yomg`ir yog`moqda. Shuning uchun favqulodda xizmat xodimlari shahar aholisidan biror zarur yumush bo`lmasa, uylaridan chiqmaslikni tayinlamoqda.

Boshqa yangiliklar