Alisher Navoiy nomli kino saroyida rejissyor Iqbol Meliqo`zievning «Ketaman dedimmi, ketaman» filmining premerasi bo`lib o`tdi.
Premerada musiqa va kino olamining eng ko`zga ko`ringan vakillari mehmon bo`lishdi.
Filmda bosh rollarni Matyoqub Matchonov, Asqar Hikmatov, Xosiyat Husanova, Shahzoda Muhammedova singari aktyor, aktrisalar ijro qilishgan.
Mazkur kino komediyaga kelgan tomoshabin, har bitta olgan chiptasi uchun bepul taomlanish imkoniga ega bo`ladi. Bunaqasi hali bo`lmagan.
Filmni 22 martdan yurtimizning barcha kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin.


























