AsosiyJamiyat

​Farzand tarbiyasiga mas`uliyatsizlarcha yondoshgan 142 nafar ota-onaga chora ko`rildi

'​Farzand tarbiyasiga mas`uliyatsizlarcha yondoshgan 142 nafar ota-onaga chora ko`rildi 'ning rasmi

Yoshlar va voyaga etmaganlar o`rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish maqsadida, Toshkent shaharidagita`lim muassasalaridagi davomatlar, o`quvchi va talabalar tomonidan dars jarayonlarini o`zlashtirib borish holatlari yuzasidan tadbirlar o`tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi. O`quvchi yoshlar, ularning ota-onalari o`rtasida olib borilayotgan tushuntirish va profilaktik tadbirlarga qaramasdan 292 nafar maktab, 405 nafar kollej, 38 nafar lisey o`quvchilari turli sabablarga ko`ra dars mashg`ulotlarida qatnashmayotganligi aniqlandi.

Shu bilan birga, 36 ta internet-kafelarda o`tkazilgan reydlar davomida, 41 nafar o`quvchilar dars vaqtlarida, 9 nafar voyaga etmaganlar tungi soat 22:00 dan so`ng internet-klubiga tashrif buyurganlari aniqlandi.

Qonun buzgan hamda farzand tarbiyasiga mas`uliyatsizlarcha yondoshib kelgan, 3 ta internet-kafe ma`muriyati va 142 nafar ota-onalarga nisbatan ma`muriy ta`sir choralari ko`rildi.

304 ta ta`lim muassasalarida o`qituvchi va murabbiylar, ota-onalar ishtirokida sayyor muhokamalar o`tkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar