Finlyandiyalik fotosuratchi Yan Froydman qizil sayyoraning 50 mingdan ortiq fotosuratlaridan foydalangan holda Marsning yuzasi aks etgan videoni yaratdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Video orqali Marsning yuzasini uch o`lchamli tasvir orqali ko`rish mumkin.
Froydman MRO HiRISE nomli ko`p avtomatik funksiyali sayyoralar aro stansiya tomondan suratga olingan fotosuratlardan foydalandi. MRO suratlarni oq-qora tasvirda olganligi tufayli fotosuratchi har bir suratga rang berdi. Videoni montaj qilish uchun Froydman uch oy vaqt sarfladi.