London teraktdan so`ng o`ziga kelmoqda. Ko`chalarda bugun polisiyalarning qo`shimcha liboslari paydo bo`ladi, parlament esa eshiklarini qaytadan ochdi. Biroq vaziyat tangligicha qolmoqda. Tunda shubhali buyum sabab metro bekati evakuasiya qilindi. Shahar markazida er usti transporti harakati to`xtatildi. Hujumning ayrim detallari ma`lum bo`ldi. Odamlar ustiga bostirib kelgan mashina ijaraga olingan bo`lib chiqdi.
Halokat joyidan ilk kadrlar. Otishma ovozi, odamlarni qochishga chorlayotgan polisiya hayqirig`i. Piyodalarni urib terrorchining jipi Vestminster ko`prigining yo`li bo`ylab harakatlanib Big Ben yonidagi to`siqqa urildi.
Yana bir hujumchi parlament hududiga qo`lida ikkita pichoq bilan kirgan hamda polisiyachiga tashlangan va shundan so`ng boshqa bir polisiyachi tomondan otib tashlangan. Teraktning qurbonlari aniq sonini bugun kechqurun ma`lum qilishadi.
“Bugun besh kishi halok bo`ldi. Hujumchi xalqaro terrorizm havosidan to`yingan shaxs. Tahminimizcha 40 kishi yaralangan, ayrimlarga jiddiy jarohat etgan. Jumladan uch nafar polisiyachi. Ularning ayrimlari og`ir ahvolda”, — deydi Katta London polisiyasining antiterrorchilik bo`linmasi rahbari Mark Rouli.
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey tezkorlik bilan o`tkazilgan Kobra kengashining yig`ilishida bayonot bilan chiqdi. “Hujum joyi tasodifan tanlanmagan. Terrorchi poytaxtimiz yuragiga zarba bermoqchi bo`lgan”, — deydi u.
Hujum Bosh vazir parlamentda chiqish qilayotgan kuni bo`lib o`tdi. Tereza Meyni tezkorlik bilan evakuasiya qilindi.
Parlament joylashgan tuman sayyohlar orasida juda mashhur. Jabrlanganlar orasida turli mamlakat fuqarolari bor — jumladan Fransiyadan kelgan o`quvchilar ham.
Skotland-Yard xavfsizlik choralarini kuchaytirishga va`da berdi. Bu degani shu kunlarda London ko`chalarida juda ko`p qurollangan polisiyachilar bo`ladi.