AsosiyJamiyat

​Toshkent chorrahalaridagi kameralar bir hafta ichida 29 mingdan ziyod qoidabuzarlikni qayd etdi

'​Toshkent chorrahalaridagi kameralar bir hafta ichida 29 mingdan ziyod qoidabuzarlikni qayd etdi'ning rasmi

2017 yilning 15 martidan boshlab Toshkent shahridagi 115 ta chorrahalarga o`rnatilgan 883 ta kuzatuv kameralari qoidabuzarliklarni qayd etib, ularga nisbatan jarima solish tizimi ishga tushirildi. Bugun, 23 mart kuni Toshkent shahar IIBBda bo`lib o`tgan brifing chog`ida kameralar tomonidan 17-23 mart kunlari qayd etilgan qoidabuzarliklar haqida ma`lumot berildi.

Unga ko`ra, 17 martdan 23 martga qadar haydovchilar tomonidan 29 mingdan ziyod qoidabuzarlik sodir etilgani aniqlandi.

Shundan 16 mingtasi svetoforning qizil chirog`ida harakatlanish, 13 mingdan ortiqrog`i tezlikni belgilangan me`yordan oshirish kabi huquqbuzarliklar tashkil etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar