Sportchilardan biri iguana bilan selfiga tushishga ham ulgurdi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.
Mayamida o`tkazilgan tennis turnirining birinchi doira matchida germaniyalik Tommi Xass va chexiyalik Irji Veselilar kuch sinashayotgan vaqtda kortga iguana yugurib chiqdi.
Iguana elektron tabloga ham o`rmalab chiqdi, keyin tribunadagi tomoshabinlar olqishi ostida kort bo`ylab yugurdi. Maydon xodimlari uni tutishga harakat qildi, o`zaro kurash davom etdi. Iguana tabloda o`tirgan vaqtda Xaas telefonini olib, u bilan selfiga tushishga ulgurdi va mazkur suratni Instagram sahifasiga joylashtirdi.