1

​Biz uchun oddiy hol bo`lgan, ammo Saudiya Arabistonida taqiqlangan narsalar

Dunyo 24.03.2017, 10:38
Teglar: Ayol, Erkak, Oila
​Biz uchun oddiy hol bo`lgan, ammo Saudiya Arabistonida taqiqlangan narsalar

Quyida sizni ba`zi bir insonlar hayotining ajralmas qismiga aylangan, ammo Saudiya Arabistonida taqiqlangan narsalar bilan tanishtiramiz, deb xabar berdi Prikolno.cc nashri.

Saudiya Arabistoni taqiqlar bo`yicha er yuzidagi barcha mamlakatlar orasida etakchilik qiladi. Bu erda barcha fuqarolar shariat qonun-qoidalariga bo`ysunadi.


Avliyo Valentin kuni

Har yili fevral oyining 14 kuni “Avliyo Valentin” yoki “Sevishganlar” kuni nishonlanadi. Mazkur bayramni nishonlash Saudiya Arabistonida qat`iy ravishda taqiqlangan. Bu polisiya tomondan nazorat qilinadi. Aynan shu kuni ayollarga qizil rangli libos kiyish man etiladi. Qizil libosda ko`chaga chiqqan ayol to`xtatilib, boshqa kiyim kiyish uchun uyiga qaytariladi.

Restoranlardagi alohida joylar

Saudiya Arabistonidagi restoranlarda ikki sektor mavjud. Birinchisi oilaviy, erkaklarning guruh bo`lib o`tirishi uchun mo`ljallangan bo`lsa, ikkinchi sektor yolg`iz mijozlar uchun mo`ljallangan. Makdonalds va bir zumda ovqatlanish mumkin bo`lgan joylarda erkaklar va ayollar alohida navbatga turishadi. Ba`zi bir supermarketlarga esa ayollar faqat turmush o`rtog`ining hamrohligida kirishi mumkin, yolg`iz qo`yilmaydi.


Kinoteatrlar

Ba`zi bir ikkita zali bor, bir paytning o`zida bitta seansni namoyish qilish imkoniyati bo`lgan xususiy kompaniyalarni hisobga olmaganda, aksariyat hollarda mamlakat kinoteatrlariga yangi filmlar prokati etib kelmaydi. Juda ko`p Evropa filmlari “harom”, deb tan olinib, namoyish qilish taqiqlanadi.

Cho`chqa boqish va uning go`shtini iste`mol qilish

Boshqa musulmon mamlakatlarida ham cho`chqa go`shti harom hisoblansa-da, ammo Saudiya Arabistonida nafaqat uning go`shtini iste`mol qilish, balki boqish ham taqiqlanadi.


Musiqiy ta`lim

Mamlakatda musiqa taqiqlanmagan bo`lsa-da, uni faqat uyda eshitishingiz mumkin. Gavjum savdo shahobchalari, savdo markazlarida sukunat hukm suradi. Maktab va institutlarda musiqa fani o`tilmaydi. Qo`shiq aytish, musiqiy asbob chalish istagida bo`lganlar Saudiya Arabistonda topilishi mushkul bo`lgan repetitor xizmatidan foydalanishadi yoki chet elga ketishadi. Shunga qaramay, mamlakatda amaldorlar nazariga tushishdan qo`rqadigan bir talay rok-guruhlar mavjud.


Ayollar sporti

Ilgari ayollar mamlakatda mavjud bo`lgan, ularning ishtirokiga ruxsat berilgan sport markazlarida jismoniy tarbiya bilan shug`ullanishardi, ammo bu narsa ham diniy polisiya tomonidan taqiqlandi. Maktablarda o`quvchi qizlarga jismoniy tarbiya darslari o`tilmaydi. Saudiya Arabistoni olimpiya delegasiyasida atigi 2 ta ayol bor. Ular AQShda tug`ilib, o`sgan.


Faqat islom dini tan olinadi

Saudiya Arabistonida o`z dinidan kechgan odam o`lim jazosiga hukm qilinadi. Boshqa din vakillariga o`zlarining diniy ramzlarini taqish ham taqiqlanadi.


Ishlaydigan ayollar

Yo`q, bu erda ayollar bekorchilikka mahkum etilmagan. Ular ma`lum bir belgilangan joyda ishlashlariga ruxsat berilgan. Ayollar asosan tibbiyot va maorif sohasida faoliyat yuritishadi. Yaqindan beri ularning supermarketda kassir lavozimida ishlashlariga ruxsat berildi. Muhandislik, og`ir sanoat va huquq-tartibot idoralari, qurolli kuchlar safida ayollarni ko`rmaysiz.


Ayol sayohat qilishi uchun maxsus ruxsatnomaga ega bo`lishi lozim

Ayol eri yoki vasiyi tomonidan beriladigan, imzo chekilgan maxsus ruxsatnomasiz yolg`iz sayohatga chiqishi mumkin emas,

Agar u yolg`iz sayohatga chiqishni istasa, 45 yoshga to`lishini kutishi lozim. Ayol 45 yoshga to`lgandan keyin ruxsatnomasiz, yolg`iz sayohatga chiqishi mumkin.


Ayol haydovchilar

Saudiya Arabistonida ayollar qishloq ichi va cho`lu biyobonda mashina boshqarishi mumkin. Aynan shu taqiq uchun arab ayollari bir necha marotaba norozilik bildirishdi. Diniy polisiya ayol mashina boshqarsa tez-tez uyidan chiqib ketadi, boshqa erkak bilan uchrashib, eriga xiyonat qiladi deb hisoblaydi. Eriga xiyonat qilgan ayolni esa o`lim jazosi kutadi.

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1