1

​Kanadalik xokeychi raqibining barmog`ini uzib olay dedi (Video)

Dunyo 25.03.2017, 11:29
​Kanadalik xokeychi raqibining barmog`ini uzib olay dedi (Video)

Amerikaning “Pittsburg Pingvinz” xokkey klubi o`yinchisi Sidni Krosbi Kanadaning “Ottava Senatorz” xokkey klubi bilan o`tkazilgan matchda kanadalik xokkeychi Mark Metoning barmog`ini uzib olay dedi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Matchning birinchi qismida Meto “Pittsburg” darvozasiga hujum qilgan vaqtda Krosbi shayba uchun bo`lgan jang paytida klyushka bilan uning qo`liga kuchli zarba etkazdi. Zarba juda kuchli bo`lganidan Meto majaqlangan barmog`i bilan maydonni tark etishga majbur bo`ldi. Krosbi esa qoidani buzganligi uchun jarima o`rindig`ida atigi ikki daqiqa o`tirish bilan jazolandi. Match 2:1 hisobida “Ottava Senatorz”ning g`alabasi bilan yakunlandi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1