Ijtimoiy tarmoqlarda va bir qator saytlarda O`zbekiston xalq atristi Sherali Jo`raev konsert berishga tayyorgarlik ko`rayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Sherali Jo`raev konsert dasturini taqdim etish uchun tayyorgarlik ko`rmoqda, degan gaplar asossiz va uydirma. Umuman olganda, Sherali Jo`raev konsert berishga har vaqt tayyor. 2017 yilning oxirida konsert berishlari mumkin. Bu borada aniq ma`lumot bo`lsa, o`zimiz muxlislarga ma`lum qilamiz. Bu haqda Daryo.uz nashri xonandaning ma`muri Shuhrat Usmonov bilan bog`langan holda oydinlik kiritdi.






