Rossiyalik ayol Tailandning Pattayya kurort shahridagi basseynda cho`kib ketdi, deb yozadi Bangkok Post.
Voqea 26 mart kuni sodir bo`ldi, deya xabar beradi mahalliy polisiya. Qo`riqlash xizmati odamlarni ayol cho`kayotganligi haqida hayqirig`ini eshitgan va uni suvdan olib chiqqan. Suvdan chiqqan vaqtda ayol tiribk bo`lgan.
Qo`riqchi polisiya va qutqaruv xizmatiga xabar bergan, biroq ayol ular kelgunga qadar vafot etgan. Vafot etgan ayol 51 yoshli Svetlana Zimina bo`lib chiqdi.