AsosiyDunyo

​Bosniyalik 16 yoshli sportchi 35 soniyada boshi bilan 111 ta beton blokni sindirdi (Video)

'​Bosniyalik 16 yoshli sportchi 35 soniyada boshi bilan 111 ta beton blokni sindirdi (Video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda boshini devorga urib, hayot qiyinchiliklaridan noliydigan insonlarni ilhomlantiruvchi videorolik mashhur bo`ldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Bosniyalik yosh txekvondachi Kerim Axmetspaxik boshi bilan 111 dona beton blokni sindirib, dunyo rekordini o`rnatdi. Mazkur tryukni amalga oshirish uchun unga 35 soniya kerak bo`ldi.

Kerim Axmetspaxik Bosniya va Gersogovinada joylashgan Visoko shahrida Ginnesning rekordlar kitobiga qayd etuvchi maxsus komissiya oldida o`z mahoratini namoyish etdi. U to`p-to`p qilib uyub qo`yilgan beton bloklari orasidan o`mbaloq oshib, navbatma-navbat ularni boshi bilan sindirdi.


Boshqa yangiliklar