AsosiyJamiyat

​Xalq qabulxonasi yordamida kosonsoylik fuqaroning nabirasiga o`qish uchun to`lov-shartnomasi to`lanish chorasi ko`rildi

'​Xalq qabulxonasi yordamida kosonsoylik fuqaroning nabirasiga o`qish uchun to`lov-shartnomasi to`lanish chorasi ko`rildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Tursunxon Xudayberganov Namangan viloyati shahar va tumanlarida o`tkazayotgan sayyor qabullar davlat organlarining fuqarolar bilan o`zaro munosabatlari, aholini qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizm va samarali usullarini joriy etish yo`lidagi amaliy ishlaridan biri sifatida keng jamoatchilik e`tiborini tortmoqda, deya xabar beradi O`zA.

Chust tumanida tashkil etilgan sayyor qabulda viloyat hokimining birinchi o`rinbosari, viloyat boshqarmalari, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari, Kosonsoy, Pop, Chust tumanlari hokimlari va ushbu tumanlar ijtimoiy-iqtisodiy, huquq-tartibot idoralari mutasaddilari, tadbirkorlar, faxriylar, yoshlar ishtirok etdi.

Sayyor qabulda Chust, Kosonsoy, Pop tumanlaridagi fuqarolar, tadbirkorlik sub`ektlari, keksalar, xotin-qizlar tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga, davlatimiz rahbarining joylardagi Xalq qabulxonalariga tushgan yozma va og`zaki murojaatlarda ko`tarilgan masalalarga echim izlandi.

– Mening qaramog`imda bo`lgan nabiram universitetning jismoniy tarbiya fakultetida to`lov-shartnoma asosida o`qiydi, – deydi kosonsoylik mehnat faxriysi Ne`matjon Rahmatullaev. – To`lov borasida biroz qiynalib, xalq qabulxonasiga murojaat qilgan edim. Bugun ushbu qabulda tuman rahbariyati tomonidan nabiram nomiga bankda hisobraqami ochilib, homiylik yordami berish chorasi ko`rilgani aytildi. Bunday ezgu ishlarning tashabbuskori bo`lgan Prezidentimizdan minnatdormiz.

Sayyor qabulda fuqarolarning uy-joy, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun er maydoni, kredit ajratish, kommunal va ijtimoiy xizmatlarga taalluqli turli mazmundagi murojaatlari ko`rib chiqildi, ularni bartaraf etish bo`yicha tuman hokimlari va tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Namangan viloyatida sayyor qabullar davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar