1

​Mosulda koalisiya tomonidan berilgan aviazarba tufayli halok bo`lgan 112 nafar tinch aholining jasadi topildi

Dunyo 28.03.2017, 14:07
​Mosulda koalisiya tomonidan berilgan aviazarba tufayli halok bo`lgan 112 nafar tinch aholining jasadi topildi

BMT Vashington rahbarlik qilgan koalisiya tomondan Iroqning Mosul shahrida tinch aholining halok bo`lishi yuzasidan o`tkaziladigan tergovni kutmoqda, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Aviazarba berilgan joydan 112 ta jasad topildi. Huquq-tartibot idorasi xodimlarining bergan ma`lumotiga ko`ra, mazkur tuman 17 mart kuni bombardimon qilingan. Ular 200 dan ortiq tinch aholini o`ldirishi mumkin edi. Amerika harbiylari tergov ishlarini boshladi.

Shahardan qochishga muvaffaq bo`lgan odamlar jangarilar ulardan tirik qalqon sifatida foydalanganligini so`zlab berishdi. Terrorchilar ayollar va bolalar bo`lgan uylarga berkingan. Qochmoqchi bo`lganlar esa otib, o`ldirilgan. Koalisiya qo`shinlari esa terrorchilar yashiringan binolarni samolyot va tank yordamida o`qqa tutgan.

“Uylar vayronaga aylanib, ustimizga quladi. Biz hamma narsamizni tashlab, qochishga majbur bo`ldik. Agar ko`pchilik bo`lsak, terrorchilar ko`rib qolib, o`qqa tutgan bo`lardi”, dedi mosulliklardan biri.

“Dunyoning birorta davlati armiyasi tinch aholini o`ldirsa, bunchalik katta e`tibor berilmaydi”, dedi andishasizlik bilan Pentagon rahbari Jeyms Mettis.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1