AsosiyDunyo
8011

​Jismoniy kamchiligiga qaramay, dunyoga mashhur bo`lgan irodali odamlar

'​Jismoniy kamchiligiga qaramay, dunyoga mashhur bo`lgan irodali odamlar'ning rasmi

Hammaga ma`lumki biror jismoniy kamchilikka yoki nuqsonga ega odamning hayotda o`z o`rnini topishi mushkul vazifadir, deb xabar beradi Pomada.cc nashri.

Ammo biz hikoya qilmoqchi bo`lgan odamlar mazkur toifaga kirmaydi, balki ular inson oyoq-qo`lini yo`qotgani bilan, hali imkoniyatlar borligini, o`zligini yo`qotish mumkin emasligini isbotlashdi. Hikoyamiz qahramonlarining hayoti bilan tanishsangiz, dunyoda hamma narsaning chorasi, iloji, imkoni borligiga amin bo`lasiz.


1. Keyt Foster, gimnastikachi (17 yoshda)

2011 yilda qo`yilgan dahshatli leykoz tashxisi tufayli 17 yoshli gimnastikachi oyog`idan ayrildi. Ammo operasiyadan uch yil o`tgach, qiz sportga qaytdi va haftasiga uch marotaba sport bilan shug`ullanadigan bo`ldi. U turli sport musobaqalarida tinimsiz ishtirok etadi va hozirgacha, to`rt muchasi sog`lar bilan bir qatorda tinim bilmay, mashg`ulotlarga qatnashadi.



2. Jessi Kuinn, fitnes-model (24 yoshda)

Bundan to`qqiz yil ilgari Jessi saraton tufayli oyog`idan ayrildi, ammo u depressiyani engib, Instagram’ning omadli blogerlaridan biriga aylandi. Hozirda u faol turmush tarzini kechiradi, suzish, yugurish mashg`ulotlarida ishtirok etadi, turli jismoniy mashqlarni bajaradi va Nike loyihalarida ishtirok etadi.



3. Sergey Kutovoy, fitnes-bloger (21 yoshda)

Arxangelsklik bu yigitning hayotida sodir bo`lgan voqea barchani larzaga soldi. Bundan to`rt yil ilgari Sergey ortiqcha vazndan aziyat chekar, uning sevgan insoni ham yo`q edi. Keyin uning hayotida haqiqiy fojia yuz berdi. Sergeyni yuk mashinasi bosib ketdi, falokat oqibatida u oyog`idan ayrildi. Kasalxonada yotganda 110 kilogrammga semirdi, shunda u irodasini qo`lga olib, sport bilan shug`ullana boshladi. Ayni paytda Sergey Instagram’da bolgerlik qiladi, fitnes model bo`lishni va Paralimpiadada ishtirok etishni orzu qiladi. U “oyog`imni yo`qotsam-da, o`zligimni yo`qotmadim”, deydi.



4. Paola Antonini, model (21 yoshda)

2014 yilda Paola dahshatli fojiani boshdan kechirdi, uni mashina bosib ketdi va qiz oyoqlaridan ayrildi. Protezlar yordamida Paola haqiqiy to`laqonli hayot kechiradi. U raqs va fitnes bilan shug`ullanadi, ot minadi va skeytda sayr qiladi. Paola hech qachon jismoniy kamchiligidan tortinmaydi. U haqiqiy irodali inson namunasidir.



5. Jessika Van Zeyl, faollardan biri (23 yoshda)

Saratonnin kam uchraydigan turidan aziyat chekkan avtraliyalik talaba qiz ko`zidan mahrum bo`ldi. Agar uning ko`zi olib tashlanmaganida, saraton butun tanasiga tarqalib ketishi mumkin edi. O`sha paytlarda Jessika o`zi chalingan kasallik haqida juda ham kam ma`lumotga ega edi. Shuning uchun ham u hayotini odamlarni mazkur kasallikdan ogohlantirishga bag`ishladi. Bundan tashqari Jessika kundalik turmushda, biror joyga borganda taqiladigan ko`z bog`lag`ichlar kolleksiyasini yaratdi.


6. Kanya Sesser, sportchi va model (25 yoshda)

Oyoqsiz tug`ilgan Kanya Sesserni onasi chaqaloqligidayoq budda ibodatxonasi oldida qoldirib ketdi. U besh yoshga to`lganda asrab olgan oilasi bilan birgalikda AQSh ga ko`chib keldi va modellik karerasini boshladi. Hozirda Kanya Paralimpiada-2018 musobaqalarida ishtirok etish uchun skeytda mashq qilmoqda. U juda kamdan-kam hollarda nogironlik aravachasiga o`tiradi, harakatlanish uchun qo`lini erga tiragan holda skeytdan foydalanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar