AsosiyDunyo

​Pokistonda poezd neft ortilgan sisterna bilan to`qnashib ketdi, 2 kishi qurbon bo`ldi

'​Pokistonda poezd neft ortilgan sisterna bilan to`qnashib ketdi, 2 kishi qurbon bo`ldi'ning rasmi

Pokistonda (Panjob provinsiyasi) yo`lovchi poezd neft tashiyotgan avtosisterna bilan to`qnashib ketdi. Hodisa oqibatida 2 kishi halok bo`ldi – mashinist va uning yordamchisi. Yana 10 kishi jabrlandi. Poezdning beshta vagoni yonib ketdi.

To`qnashuv avtosisterna relslardan o`tayotgan chog`da tormozlari ishlamay qolganligi sababli sodir bo`ldi. Bundan tashqari, poezd yaqinlashganiga qaramay temiryo`l o`tish joyida shlagbaum ochiq bo`lgan, deya xabar beradi RIA Novosti.

Poezdni qurshab olingan olov tez fursatlarda bartaraf etildi.


Boshqa yangiliklar