1

​Shavkat Mirziyoev Navoiy issiqlik elektr stansiyasini kengaytirish loyihasi bilan tanishdi

Jamiyat 28.03.2017, 15:35
Teglar: O`zbekiston, Shavkat Mirziyoev, Prezident
​Shavkat Mirziyoev Navoiy issiqlik elektr stansiyasini kengaytirish loyihasi bilan tanishdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Navoiy issiqlik elektr stansiyasini kengaytirish loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Quvvati 450 MVt bo`lgan ikkinchi bug`-gaz qurilmasini qurish Navoiy tog`-kon metallurgiya kombinati, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati va hududdagi qishloq xo`jaligi iste`molchilarini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta`minlash imkonini beradi.

Loyihani amalga oshirish natijasida 1 kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun shartli yoqilg`ining sarfi kamayishi hisobidan bir yilda o`rtacha 330 million kub metr tabiiy gaz tejaladi.

Bugungi kunda viloyatda amalga oshirilayotgan yirik iqtisodiy loyihalar ko`lamini kengaytirishda elektr energiyasi uzluksizligini ta`minlash muhim ahamiyat kasb etadi, dedi davlatimiz rahbari.

Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation and MHPS” konsorsiumi va Navoiy issiqlik elektr stansiyasi o`rtasida 2016 yil oktyabr oyida mazkur loyihani amalga oshirishga doir shartnoma imzolangan edi. Hozirgi kunda “Mitsubishi Corporation and MHPS” konsorsiumi qurilish maydonida mobilizasiya va er ishlarini olib bormoqda.

Bu erda 112 ish o`rni yaratilishi ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy davr boshlanmoqda

19.04.2024, 14:58

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1