2544 AYoQShlariga ega “Lukoyl” kompaniyasi – yil ohirigacha o`zining Rossiyadagi shahobchalarini uchdan bir qismini sotib yubormoqchi.
Bu haqda axborot agentliklari kompaniyadagi manbalarga asoslangan holda xabar bermoqda. Sababi – soliqlar sababli rentabellik darajasining tushishi, aksizlarning o`sishi va salbiy soliq vaziyati. Ayni damda AYoQShlarning daromadi tonnasiga 8 Rossiya rublini tashkil qilmoqda, bir yil avval esa bu ko`rsatkich 2 ming rublni tashkil qilgan, bu esa 250 marta kam demakdir.
AYoQShlar xorijiy investorlarga va jamg`armalarga sotilishi mumkin, aytaylik, Xitoy va Yaqin Sharqdagi.
Ta`kidlash joizki, Toshkentda ham “Lukoil” AYoQShlari paydo bo`lishi kerak edi, uning ochilishi haqida fevralda ma`lumot berilgandi. Bu erda yuqori sifatli EURO-5 standartiga muvofiq bo`lgan AI-92, AI-95 dizel yonilg`isini sotish ko`zda tutilgandi.
AYoQShning Facebook ijtimoiy tarmog`i sahifasida ta`kidlanishicha, ochilish bilan bog`liq to`xtashga alohida sabablar mavjud. “Biz ularni echish arafasidamiz. Ochilish bo`ladi, hozircha qachonligi noma`lum”- deya ta`kidlanadi sahifada.






