AsosiyDunyo

​Samolyot selfiga tushayotgan qizlarning boshini tanasidan judo qildi

'​Samolyot selfiga tushayotgan qizlarning boshini tanasidan judo qildi'ning rasmi

Meksikaning Chiuaua shtatida aeroportning uchish-qo`nish yo`lagida samolyot qanoti selfiga tushayotgan ikki qizning boshini tanasini judo qildi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Meksika bosh prokuraturasi qizlarning o`limi bo`yicha tergov ishlarini boshlab yubordi. Qizlarning shaxsi aniqlandi, ulardan biri 18 yoshli Misiya Mendosa Korral va 17 yoshli Klarissa Morkeko Miranda ekanligi ma`lum bo`ldi. 18 yoshli Misiya huquqshunoslik fakulteti talabasi, 17 yoshli Klarissa esa maktab bitiruvchisi bo`lgan. Nashrning xabar berishicha, ular uchish-qo`nish maydonchasi yaqinida joylashgan otchoparga poygani tomosha qilish uchun kelgan. Qizlar selfiga tushish uchun samolyot qo`nish maydonchasiga chiqishgan, atrof shovqinligidan qo`nayotgan samolyotning ovozi eshitilmagan. Uchuvchi to`qnashuvni bartaraf etolmagan, oqibatda samolyot qanoti qizlarning boshini tanasidan judo qilgan.

Boshqa yangiliklar