Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, 2017-2019 yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini amalga oshirishga jami 746 milliard so`m, shundan 631,5 milliard so`m “O`zmilliybank” mablag`lari va 81,5 milliard so`m tadbirkorlik sub`ektlarining o`z mablag`lari hamda tijorat banklarining imtiyozli kredit resurslari jalb etiladi.
Dasturda birinchi galda dehqon bozorlari hududida zamonaviy savdoning barcha talablariga javob beradigan 3 qavatli gipermarketlar (9), 2 qavatli supermarketlar (28), 1 qavatli supermarketlar (126) va minimarketlar (79), shuningdek, ularga tutash hududlarda avtomobillarga mo`ljallangan avtoturargohlar barpo etish, sendvich-panellardan keng foydalangan holda engil konstruksiyali yig`ib-teriladigan qishloq xo`jaligi mahsulotlari sotishga ixtisoslashgan savdo pavilonlari qurish ko`zda tutilgan.
Shuningdek 59 ta samarasiz va zarar ko`rib ishlayotgan dehqon bozorlarini optimallashtirilib, keyinchalik ularning hududida zamonaviy savdo va oziq-ovqat ob`ektlari quriladi.