AsosiyDunyo

​Hindistonda uch oyoqli qizcha tug`ildi

'​Hindistonda uch oyoqli qizcha tug`ildi'ning rasmi

Hindistonning Jangaon shahrida yashovchi 25 yoshli ayol Srilata Kanchanapalli uch oyoqli qizchani dunyoga keltirdi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.

Bunday noodatiy chaqaloq kam uchraydigan “parazit-egizak” fenomeni tufayli dunyoga kelgan.

Hozirda chaqaloq jarrohlik amaliyoti yordamida uchinchi oyog`idan xalos etilgan. Uning salomatligiga hech narsa xavf solmayapti.

“Parazit egizak” biologik fenomeni yuz mingta tug`uruq holatida bir marta uchraydi. Ushbu patologiyada egizaklardan biri ona qornida o`zining zaifroq qardoshini yutib yuboradi. Shu tariqa, parazit o`z “qurboni” bilan to`liq yoki qisman qo`shilib ketadi.

Chaqaloqning ortiqcha oyog`ini olib tashlash bo`yicha operasiyani o`tkazish uchun uni Haydabaradon shahridagi shifoxonaga olib borishdi. Murakkab amaliyot uch soat davom etdi va muvaffaqiyatli kechdi. Shifokorlar xavotirga o`rin qolmaganini ta`kidlamoqda.

Boshqa yangiliklar