AsosiyJamiyat

​“O`zko`rgazmasavdo”da innovasion g`oyalar taqdimotining Toshkent shahar yarmarkasi bo`lib o`tadi

'​“O`zko`rgazmasavdo”da innovasion g`oyalar taqdimotining Toshkent shahar yarmarkasi bo`lib o`tadi'ning rasmi

2017 yilning 30 mart kuni “O`zko`rgazmasavdo” majmuasida Innovasion g`oyalar, texnologiyalar va loyihalar taqdimotining Toshkent hududiy yarmarkasi bo`lib o`tadi.

Hududiy taqdimot ko`rgazmasining asosiy tashkilotchilari sifatida Toshkent shahar, Toshkent va Sirdaryo viloyat hokimliklari, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Aloqa va telekommunikasiya davlat qo`mitasi, “O`zbekneftgaz” MXK, “O`zbekiston temir yo`llari” DATK, “O`zfarmsanoat” DAK, “O`zqurilishmateriallari” AK, “O`zkimyosanoat” DAK, “Uzeltexsanoat” assosiasiyasi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda “Kamolot” YoIH ishtirok etmoqda.

Ko`rgazmada namoyish etiladigan ishlar mavzusi xilma-xil bo`lib, faoliyat sohasining turli qirralarini, jumladan sog`liqni saqlash, ta`lim, qurilish, telekommunikasiya, kommunal soha, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, sanoat ishlab chiqarishining turli sohalariga innovasion texnologik g`oyalar va texnologiyalarni tatbiq etadi. Shuningdek, respublika xalq xo`jaligining turli sohalariga quvvatli samarador texnologiyalarni, jumladan temiryo`l transporti, qurilish sohasi, qishloq xo`jaligi sohalarida yonilg`i-moylash materiallaridan foydalanish samarasini oshirish, tibbiy xizmat ko`rsatish va fuqarolarni davolash, dorivor vositalarni ishlab chiqarish, o`quv jarayonlarida axborot-kommunikasiya texnologiyalarining rivojlanishi namoyish etiladi.

Ko`rgazmada O`zbekiston Respublikasi Fanlar akdemiyasining 33 dan ortiq ilmiy muassasalari, Oliy va maxsus o`rta-ta`lim vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, “O`zbekiston temir yo`llari” DATK tomonidan innovasion texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlar turi o`rin olgan. Ushbu ko`rgazmada namoyish etiladigan yangi loyihalar va ilg`or texnologiyalar Toshkent shahrining 50 dan ziyod hududiy sanoat korxonalarida amalga tatbiq etilishi kutilmoqda. Hududiy yarmarkada 360 ta loyiha va ular bo`yicha 121 ta taqdimot, 51 ta ehtiyojmand innovasion ishlanmalar namoyish etiladi.

Toshkent shahar ekspozisiyasi asosan sanoat va kommunal xo`jaligi sohasidagi 27 ta hududiy korxonalarning loyiha-taqdimotidan iborat.

Hududiy yarmarka ishi davomida namoyish etilgan yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish samaradorligini oshirish maqsadida 300 dan ortiq sanoat korxonalari va 800 dan ortiq kichik va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari vakillari, oliy ta`lim muassasalarining talabalari, texnika yo`nalishidagi kollej o`quvchilari tashrif buyurishi kutilmoqda. Ular tinglovchilar sifatida taqdimotlarda ishtirok etadilar.

Boshqa yangiliklar