AsosiyDunyo

​Ozarbayjonlik yigit to`yiga kelmagan mehmonlarni sudga berdi

'​Ozarbayjonlik yigit to`yiga kelmagan mehmonlarni sudga berdi'ning rasmi

Ozarbayjonlik yangi turmush qurgan yigit to`yiga kelmagan mehmonlar ustidan arz qilib, sudga murojaat qildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Yigit to`yga kelmagan 15 nafar tanishidan 1,5 ming manat undirish niyatida. Gap shundaki, mehmonlar to`yga kelmagani bois ular uchun band qilingan joyning pulini kuyov to`lagan. Ozarbayjondagi an`analarga ko`ra, to`yga tashrif buyurgan har bir mehmon o`zi uchun o`zi pul to`laydi.

Yaqinda uylangan bu yigitning iddao qilishicha, u har doim taklif qilingan to`ylarga borgan va talab qilingan summani o`zi to`lagan.

Sud yigitning bu iddaosini ko`rib chiqishdan bosh tortdi. Sababi esa har bir kishi biron to`yga borish yoki bormasligini o`zi mustaqil hal qiladi. Tanlash huquqiga sud aralashmaydi.

Boshqa yangiliklar