AsosiyShou-biznes
5987

​Ukrainada Farruh Zokirovga “Yil odami” mukofoti topshirildi

'​Ukrainada Farruh Zokirovga “Yil odami” mukofoti topshirildi'ning rasmi

Ukraina opera va balet akademik Milliy teatrida “Yil odami” XXI umummilliy dasturi bo`yicha mukofotlarni taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.

Bu yil xalqaro mukofotga madaniy aloqalarni mustahkamlagani, xalqlarni ma`naviy yaqinligiga qo`shgan hissasi uchun “Yalla” guruhi asoschisi, O`zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov sazovor bo`ldi. Bu haqda “Jahon” AA xabar berdi.

Oliy akademik kengash qarorini e`lon qilar ekan, “Yil odami” umummilliy dasturi direktori Arkadiy Raysn shunday dedi:

- Ukrainada O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston va Tojikiston xalq artisti Farruh Zokirovning muxlislari talaygina. Bu erda «Yalla» guruhining ijodini sevishadi.

Farruh Zokirovning xalqaro mukofot bilan taqdirlanishi shubhasiz ikki mamlakat o`rtasida madaniy-gumanitar munosabatlarning kengayishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi, ahir o`zbek va ukrain xalqlarini yaqin do`stlik aloqalari bog`lab turadi.

Minglab tomoshabinlarning talablariga binoan Farruh Zokirov “Chayxana” hamda “Uchkuduk” ashulalarini kuylab berdi.

“Yil odami” mukofotiga avvalroq – A.Safina, M.Dide, V.Kikabidze, P.Kaas va boshqalar loyiq topilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar