1

​Peruda yo`lovchi tashiydigan samolyot yonishi oqibatida 26 kishi jabrlandi (Video)

Dunyo 29.03.2017, 14:33
Teglar: Fojia, Samolyot
​Peruda yo`lovchi tashiydigan samolyot yonishi oqibatida 26 kishi jabrlandi (Video)

Peruvian Airlines aviakompaniyasining havo layneri 28 mart kuni Peruning Xauxa shahar aeroportiga qo`nayotganda yonib ketdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Mahalliy radiostansiyaning bergan ma`lumotiga ko`ra, samolyot texnik nosozlik tufayli yongan. Samolyot qo`nayotganda o`ng shassisida muammo paydo bo`lgan. Uchuvchi avariyaviy qo`nishni amalga oshirishga majbur bo`ldi. La Republica gazetasining yozishicha, hodisa oqibatida kamida 26 kishi jabrlangan. Barcha jabrlanganlar, shu jumladan ular orasida bo`lgan bola ham kasalxonaga yotqizilgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yonayotgan samolyot ichida bo`lgan barcha yo`lovchilar evakuasiya qilindi.

Samolyot uchuvchisi Deniss Xan qo`nish jarayonida shassi g`ildiragi yorilib ketganligi ma`lum qildi. Aeroport uchish-qo`nish taqiklab, ish faoliyatini to`xtatdi, voqea joyiga o`t o`chiruvchilar etib keldi. Hodisa sabablari o`rganilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda esa Peruvian Airlines aviakompaniyasining yonayotgan samolyoti aks etgan videorolik paydo bo`ldi.


Sharhlar

Mayami aeroportiga qo`ngan samolyot yonib ketdi

22.06.2022, 11:42

Dominikanning Red Air aviakompaniyasining samolyoti Mayami xalqaro aeroportiga (AQShning Florida shtati) qo`nganidan so`ng yonib ketdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, samolyot seshanba kuni mahalliy...
AQShda yo`lovchi samolyot halokatga uchradi

20.10.2021, 09:56

AQShning Texas shtatida McDonnell Douglas DC 9-87 yo`lovchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda ABC xabar bermoqda.Ma`lumotlarga ko`ra, samolyot parvoz qilganidan so`ng etarli balandlikka ko`tarila olmasdan...
Tataristonda bortida 22 kishi bo`lgan samolyot qulab tushdi

10.10.2021, 17:31

Tataristonning Menzelinsk shahrida bortida 20 nafar parashyutchi va ikkita ekipaj a`zosi bo`lgan L-410 samolyoti qulab tushdi. Bu haqida "Ria Novosti"ga tayanib Zamon.uz xabar berdi.Qayd etilishicha,...
Yaponiya Bosh vaziri samolyoti bortida favqulodda holat sodir bo`ldi

05.11.2019, 09:48

Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe bo`lgan Boing 777 samolyotining kabinasida kichik yong`in sodir bo`lgan. Bu haqida regnum.ru’ga tayanib xabar berilmoqda.Avariya sababi ovqatni isitish uchun mo`ljallangan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1