Bag`dodda sodir bo`lgan portlash oqibatida 17 kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Voqea Bag`dodning janubiy qismida nazorat-prokusk punktida sodir bo`ldi. Xudkush-terrorchi yuk mashinasiga o`rnatilgan portlovchi qurilmani ishga soldi. Oqibatda 17 kishi halok bo`ldi, 40 dan ortiq odam yaralandi. Hozircha birorta terrorchilik tashkiloti javobgarlikni o`z bo`yniga olmadi.






