AsosiyJamiyat
3901

​O`zbekistonda yil oxirigacha yana 40 ta ko`chma dorixona tashkil etiladi

'​O`zbekistonda yil oxirigacha yana 40 ta ko`chma dorixona tashkil etiladi'ning rasmi

Aholining sifatli va arzon dori vositalariga bo`lgan ehtiyojini qondirish maqsadida chekka tumanlarda faoliyat yurituvchi ko`chma dorixonalar tashkil etilgan, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Ayni damda “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasining maxsus jihozlangan “ISUZU” rusumli izotermik avtofurgonlarida 14 ta ko`chma dorixonalar faoliyati yo`lga qo`yilgan. Bundan tashqari, “DAMAS” rusumli avtomashinalarda qo`shimcha ravishda yana 100 ta ko`chma dorixonalar tashkil etilgan.

Mazkur dorixonalar qay darajada samarali ishlayotganini baholash uchun ularning o`tgan yilgi faoliyati sarhisob qilinganda, birgina 2016 yilda kompaniya tizimidagi ko`chma dorixonalar orqali aholiga jami 7,6 milliard so`mlik savdo xizmati ko`rsatilgani ma`lum bo`ldi. Demak, chekka hududlardagi aholi uchun ko`chma dorixonalarning faoliyat yuritishi har tomonlama qulay va ular sonini yanada oshirish bugungi kun talabidir.

Shu bois chekka hududlardagi aholini dori-darmon bilan ta`minlashni yanada yaxshilash maqsadida 2017 yilda “DAMAS” rusumli avtomashinalarda qo`shimcha 40 ta ko`chma dorixona tashkil etilib, bunday dorixonalar soni 154 taga etkazilishi ko`zda tutilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar