Qoraqalpog`iston Respublikasi Chimboy tumanida yashovchi fuqaro A.Sheralievning uyida ochiq olovdan foydalanishda extiyotsizlik oqibatida yong`in sodir bo`lib, uyning 75 kv. metr maydonda tom qismi yonib zararlangan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Buxoro viloyati Buxoro tumanida yashovchi fuqaro S.Akramovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 75 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan. Yong`in natijasida uy egasinining qo`shnisi X.Rasulov kuyish tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga joylashtirilgan.