“Boko Haram” jangarilari Nigeriyaning shimoliy-sharqidan 22 nafar qizni o`g`irlab ketdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Jangarilar ikki hujumni amalga oshirdi. 30 mart kuni Kamerun davlati chegarasida joylashgan Pulka qishlog`iga qilingan birinchi hujum oqibatida 18 nafar qizni o`g`irlashgan bo`lsa, ertasi kuni tongdagi hujum vaqtida jangarilardan o`t-o`lanlar orasiga yashiringan 4 nafar qizni, jami bo`lib, 14 qizni o`g`irlab ketishdi. Hujum vaqtida hech kim yaralanmadi va qurbonlar bo`lmadi. Mahalliy aholi jangarilar qizlarni uylanish maqsadida o`g`irlagan, deb hisoblamoqda.
Ikkinchi hujum Chad ko`li yaqinidagi Dumba qishlog`iga bo`ldi. Ular soliq to`lashdan bosh tortgan cho`ponni quvib etib, o`ldirishdi va uning oilasidagi 4 nafar ayolni o`zlari bilan olib ketishdi.
“Boko Haram” terrorchilik guruhiga 2002 yilda Nigeriyada asos solingan bo`lib, u mamlakatni shariat qonunlari asosda yashashga, G`arb ta`siriga qarshi kurashga da`vat etadi.