Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Sharof Muqimov va aktrisa Sitora Alimjonovaning to`yi bo`layotgandek tasavvur uyg`otadigan foto va videomateriallar tarqaldi. Ularda xonanda va aktrisaning kelin-kuyov libosida, do`stlari davrasida “to`y”ni nishonlayotganini ko`rish mumkin.
Bu foto va videolar odamlar orasida turli gap-so`zlar yuzaga kelishiga sabab bo`ldi. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” aktrisa Sitora Alimjonova bilan bog`landi.
“Muxlislarimizdan bu suratlarni jiddiy tushunmasliklarini so`rab qolaman. Bu shunchaki oddiy bir loyiha uchun tayyorlangan sahna ko`rinishi edi. Ammo uning suratlari tarqab ketgani bois, har kim har xil xayolga bordi, oqibatda shunaqa uydirma, asossiz gap-so`zlar tarqaldi.
Shu voqeadan so`ng ko`plab muxlislardan, odamlardan salbiy fikrlar eshitdim, telefonimga haqoratli SMSlar ham kelmoqda. Agar to`yim bo`ladigan bo`lsa, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimda muxlislarimni, meni kuzatib borayotgan insonlarni xabardor qilaman”,—deydi Sitora Alimjonova.