AsosiyJamiyat

​“Kamolot” Markaziy Kengashiga yangi rahbar tayinlandi

'​“Kamolot” Markaziy Kengashiga yangi rahbar tayinlandi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining navbatdan tashqari yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Unda Harakatning Vasiylik Kengashi hamda Markaziy Kengashi a`zolari ishtirok etdilar.

Yig`ilishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining navbatdagi Qurultoyini tashkil etish va o`tkazish, shuningdek, Harakat faoliyatiga doir ishlar muhokama etilib, tashkiliy masala ko`rildi.

Majlisda O`zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi etib Tadjiev Odiljon Fotixjonovich saylandi.

Ma`lumot uchun, Odiljon Tadjiev 1984 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. 2006 yil O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos. 2014-2015 yillarda Harakatning Toshkent viloyat Kengashi raisi sifatida faoliyat yuritgan. 2015 yilda esa O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati etib saylangan.

Yig`ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi, deya xabar beradi “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi Axborot xizmati.

Boshqa yangiliklar