AsosiyJamiyat

​Shavkat Mirziyoev Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi loyihasi bilan tanishdi

'​Shavkat Mirziyoev Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi loyihasi bilan tanishdi'ning rasmi

8 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent shahri va Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan muhim ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy yo`nalishdagi loyihalar bilan tanishdi.

Prezident tanishgan dastlabki loyiha Imom Al-Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining loyihasi bo`ldi.

2016 yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida o`tkazilgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazini tashkil etish bo`yicha yangi tashabbus bildirilgan edi. Ushbu tashabbus jahon hamjamiyati Islom dunyosi tomonidan juda katta qiziqish bilan qabul qilindi va qo`llab quvvatlanmoqda.

Yaqinda Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev O`zbekiston Respublikasi Vazi Mahkamasi huzurida Imom Al-Buhoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazini tashkil etish chora tadbirlari to`g`risidagi qarori e`lon qilindi.

Prezident Markaz loyihasi bilan tanishar ekan, uning binolarini zamonaviy asosda qurish markaz faoliyatini yo`lga qo`yish yuzasidan qator amaliy takliflarni bildirib, mutasaddilarga zaruriy ko`rsatmalar berdi.

Prezident topshirig`iga ko`ra, Markazning umumiy maydoni 2000 kv.m bo`lib, undan 200 o`ringa mo`ljallangan anjumanlar zali, ma`ruzalar xonasi, shinam va ko`rkam kutubxona, zamonaviy tarixiy adabiyotlarni mo`tadil haroratda saqlab turadigan maxsus xonalar o`rin oladi, deydi Azamat To`xtaev O`zR Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari “O`zbekiston” telekanaliga bergan intervyusida.

Bundan tashqari bu erda yillar mobaynida faoliyat olib borayotgan olimlar va markaz xodimlari uchun ikkita turar joy binosi ham quriladi. Milliy an`analar, Samarqand me`morchilik uslubiga hamohang tarzda qad rostlagan Markazning fasad qismini qurishda oq marmar boshqa o`ziga xos qurilish materiallaridan foydalaniladi.

Boshqa yangiliklar