AsosiyDunyo
3655

​Britaniyalik erkak sobiq sho`ro tankidan oltin yombi topdi

'​Britaniyalik erkak sobiq sho`ro tankidan oltin yombi topdi'ning rasmi

Buyuk Britaniyalik kolleksioner o`zi sotib olgan, sobiq sho`ro davriga tegishli T-54 tanki yoqilg`i quyish bakidan oltin yombi topdi, deb xabar berdi Mir24.tv nashri.

150 turdan ortiq harbiy texnikani kolleksiya qilgan Nik Mid mazkur tankni 30 ming funt sterlingga sotib olgan edi. Xaridni amalga oshirgan kolleksioner mexanik Tod Chemberlen bilan birga tank ichida o`q-dori qolmaganligiga ishonch hosil qilish maqsadida uni qismlarga ajratishdi. Yoqilg`i quyish bakining qopqog`i ochilganda, bakning ichidan qiymati ikki million funt sterlingga teng bo`lgan beshta oltin yombi topildi. Midning fikricha, oltin yombilarni 1990-1991 yillardagi urush paytida Quvaytda talonchilik bilan shug`ullangan Iroq askarlari yashirgan.

“Biz oltin yombilarni pulga almashtirishimiz mumkin emasligini yaxshi tushunganimiz uchun polisiyaga qo`ng`iroq qildik”, dedi Chemberlen. Hukumat kolleksionerga tilxat yozib berib, oltin yombilarni Londonga olib ketdi. Kolleksioner har qanday sharoitda ham tank unda qolishi haqida gapirib, hazil-mutoyiba qildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar