AsosiyJamiyat
4564

​O`zbekistonda tibbiy sug`urta majburiy bo`ladi

'​O`zbekistonda tibbiy sug`urta majburiy bo`ladi'ning rasmi

O`zbekistonda kuzga qadar “Tibbiy sug`urta to`g`risida"gi qonun loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Lex.uz saytida e`lon qilingan Prezidentning “Sog`liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi qarori shu haqda so`z boradi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Qonunda har bir fuqaroning tibbiy sug`urta tizimiga qamrab olinishi, bunda umumiylik va majburiylikni ko`zda tutilishi rejalashtirilgan.

Unda har bir fuqaroning tibbiy va profilaktik xizmatlardan foydalanishda teng huquqlarga ega bo`lishi, shuningdek sug`urta polisiga mos ravishda yuqori sifatli tibbiy xizmatlar taqdim etilishi kafolatlari belgilanadi.

Majburiy va ko`ngilli tibbiy sug`urta tizimida ishtirok etuvchi fuqarolar uchun rag`batlantiruvchi imtiyoz va preferensiyalar ishlab chiqilishi zarur.

Shuningdek qonunda ko`ngilli va majburiy tibbiy sug`urtaning qonuniy asoslari, tibbiy va profilaktik xizmatlar uchun tariflarni boshqarish masalalari, sug`urta majburiyatlari, sug`urta badallari va sug`urta to`lovlari hajmlarini boshqarish mexanizmlari ham belgilab qo`yilishi lozim.

Tibbiy sug`urta mablag`larini boshqarish uchun Majburiy sug`urta jamg`armasi tashkil etiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar